To’garaklar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti (NDPI) akademik litseyida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida turli fan to‘garaklari tashkil etilgan.

To‘garak ishlari bir oyda to‘rt marta o‘tkaziladi. Bu vaqt oralig‘ida to‘garak a’zolari mavzularga yaxshi tayyorlanib keladi. To‘garak ishlarini kundalik darslar o‘tkaziladigan guruhda emas, litseydagi laboratoriya xonalarida, o‘quvchilarni qiziqtiradigan darajada bezatilgan, yaxshi va toza xonalarda o‘tkazgan ma’qul. To‘garak a’zolarini qiziqtiradigan, ularning faolligini oshiradigan masalalardan biri – ish rejasining mavzusi mazmunli va ta’sirli bo‘lishi kerak. Ishning mazmuni tanlangan mavzularning tarbiyaviy ahamiyati va badiiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ishning tematik rejasi litsey o‘quvchilariga mo‘ljallab tuzilgan epik va lirik to‘garak ishining rejasiga asoslanib tuziladi. Qaysi to‘garak ishining mavzusi bo‘lmasin, barchasi bir yilga mo‘ljallab tuziladi. Shunday qilib, ushbu rejada to‘garak a’zolarining maqsadlari va fikrlari hisobga olingan ma’qul. Odatda, bunday akademik litseylarda to‘garaklar asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi.

 

Fan to‘garaklari: Aniq va tabiiy fanlar (matematika, fizika, kimyo, biologiya), shuningdek gumanitar fanlar (ona tili va adabiyoti, chet tillari, tarix) bo‘yicha o‘quvchilarni olimpiadalarga va o‘quv markazlariga tayyorlash to‘garaklari.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan «Yosh dasturchi,» fizika fanidan «Yosh fiziklar,» biologiya fanidan «Kelajak biologlari,» ingliz tilidan «Never stop learning,» kimyo fanidan «Bioximiya,» nemis tili fanidan «Wir lernen Deutsch,» tarix fanidan «Tarix-millat xotirasi,» o‘zbek tili fanidan «Adabiyotshunos,» qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan «So‘z durdonasi,» «Zibon,» matematika fanidan «Yosh matematik,» geografiya fanidan «Yer yuzini o‘rganamiz» va rus tili fanidan «Put g slovo‘» to‘garaklari tashkil etilgan.

Sport to‘garaklari: O‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash va sport bilan shug‘ullanishi uchun futbol, basketbol, voleybol va stol tennisidan sport turlari to‘garaklari tashkil etilgan.